Checheniston rahbari vazifasini bajaruvchi Ramzan Qodirov respublika rahbari lavozimi uchun o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida saylov komissiyasiga hujjatlarini topshirdi, deb yozadi “Vedomosti” Qodirovning Instagram sahifasiga tayanib.
“Bugun… men Checheniston rahbari lavozimi uchun o‘z nomzodimni ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida saylov komissiyasiga hujjatlarimni topshirdim”, — deya qayd etdi Qodirov.
“Ro‘yxatga olish haqidagi qaror ‘Checheniston Respublikasi rahbarini saylash to‘g‘risida’gi qonunga muvofiq 3-avgustgacha qabul qilinadi”, — deya ta’kidladi u.
Siyosatchi, shuningdek, ushbu lavozimga saylansa, o‘z otasi, Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti Ahmad Qodirovning yo‘lini davom ettirishini ta’kidladi. “Oldinda bizni ko‘p vazifalar kutmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Checheniston xalqi ko‘magida biz vazifalarning barchasini amalga oshirishimizga ishonchim komil”, — dedi Ramzan Qodirov.
Izoh (0)