Yevropa tashqi iqtisodiy xizmati rasmiy vakili Armaniston poytaxti Yerevandagi so‘nggi vaziyatni, Erebuni tumanida politsiya binosi egallab olingani tufayli, juda xavf-xatarli deb atadi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“Biz garovga olingan tibbiyot xodimlari zudlik bilan ozod etilishiga chaqiramiz”, — deyiladi 30-iyul, shanba kuni Bryusselda tarqatilgan kommyunikeda.
“Shu bilan birga, biz yana Armaniston hukumatini politsiya orqali ommaviy namoyishlarga nisbatan haddan tashqari kuch ishlatishdan tiyilishga da’vat etamiz. Namoyishchilar ham o‘z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda zo‘ravonlikdan tiyilishi kerak”, — deyiladi Yevropa tashqi iqtisodiy xizmati vakili bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “siyosiy o‘zgarishlarga erishish uchun kuch va zo‘ravonlikdan foydalanish maqbul hisoblanmaydi”.
“Ixtiloflar demokratiya, qonun va asosiy erkinliklar ustuvorligiga hurmat sharoitida siyosiy muzokaralar orqali hal etilishi kerak”, — deya ta’kidlanadi hujjatda.
Izoh (0)