Italiya qirg‘oq soqchiligi 28-iyul, payshanba kundan buyon 6 ming kishining qutqarib qolinishiga yordam berdi, deb yozadi “Interfaks” Yevropa OAVlariga tayanib.
Liviya qirg‘oqlari yaqinida patrullik qiluvchi kemalar, xususan, ochiq dengizga chiqib qolgan to‘rtta qayiq va bitta liq to‘la baliqchi qayig‘iga yordamga keldi.
Xabarlarda ta’kidlanishicha, ikki muhojirni qutqarib qolisholmagan.
BMTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon asosan Subsaxara Afrikasidan bo‘lgan 89 ming 217 muhojir Italiyaga suv yo‘li orqali yetib kelgan.
Izoh (0)