Turkiyada o‘lim jazosini qayta tiklash masalasi umummilliy refrendumga kiritilishi mumkin. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Germaniyadagi gazetalardan biriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Ehtimol, bu haqdagi qaror refrendumda qabul qilinadi”, — dedi u.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi tarafdorlari o‘lim jazosi qaytarilishini talab qilmoqda. “Biz minglab SMS va Twitter xabarlarini olmoqdamiz, ularning mazmuni quyidagicha: ‘Agar o‘lim jazosini qayta joriy qilmasangiz, biz partiyangiz uchun boshqa ovoz bermaymiz’”, — dedi Chavusho‘g‘li.
Izoh (0)