Parashyutchi Lyuk Eykins samolyotdan sakrab, parashyutni ishlatmasdan, yerga muvaffaqiyatli qo‘ngan birinchi odam bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Eykins 20 qavatli binoga teng balandlikka o‘rnatilgan, futbol maydonining taxminan uchdan bir qismiga teng to‘rga kelib tushdi, shundan so‘ng undan chiqib, xotini va farzandini quchdi.
Yerga sakrash uchun samolyotga o‘tirishdan avval Eykins unga parashyut taqilganini, ammo uni qo‘llamoqchi emasligini aytdi. Keyinroq, osmonda vaqtida u parashyutni yechib tashladi.
U taxminan ikki daqiqa davomida havoda bo‘ldi, so‘ng yerga tomoshabinlar olqishlari ostida qo‘nishdan oldin chalqancha holatga o‘tib oldi.
“Agar asabiylashmaganimda bu tentaklik bo‘lardi”, — dedi sportchi yerga qo‘ngach.
Dunyoda hali hech kim bajarishga urinib ko‘rmagan tryuk Fox telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish qilindi.
Izoh (0)