“Jabhat an-nusra” ekstremistik guruhi nomini o‘zgartirgani va “Al-Qoida” tarmog‘i bilan aloqalarini uzgani haqida e’lon qilganiga qaramay, BMT Xavfsizlik Kengashining terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatida qolishda davom etadi. Buni BMT bosh kotibi rasmiy vakili o‘rinbosari Farxon Xak ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bilasizki, ‘Al-Qoida’ga aloqador barcha shaxs va tashkilotlarning yig‘ma ro‘yxati bor, — dedi u. — ‘Jabhat an-Nusra’ ushbu ro‘yxatda qolishda davom etadi”.
Nashr eslatishicha, “Jabhat an-Nusra”, o‘zining rahbar organi qaroriga ko‘ra, nomini “Jabhat Fattoh ash-Shom” deb o‘zgartirdi va “Al-Qoida”dan ajralib chiqdi.
Izoh (0)