25—28-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Jidda shahrida Iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha islom komissiyasining 39-sessiyasi va Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar yuqori mansabdor shaxslarining majlisida ishtirok etadi.
Tashrif dasturidan IHT va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar ham o‘rin olgan.
Izoh (0)