22-iyulning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Rio–2016 Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib chiqish Husniddin Norbekov zimmasiga yuklatildi. Olimpiadada oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchiga 200 ming AQSh dollari va’da qilindi.
2. Erdo‘g‘on Turkiyada yana davlatni to‘ntarishga urinishlari mumkinligini aytdi. Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda e’lon qilingan favqulodda holat rejimi uch oydan ko‘ra ko‘proqqa uzaytirilishi mumkin.
3. Beeline’ning O‘zbekistondagi litsenziyasi 2031-yilga qadar uzaytirildi. VimpelCom 2006-yildan beri O‘zbekistonga 1 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritgan va summasi 950 million dollardan ortiq soliqlarni to‘lagan.
4. iPhone 8 haqida yangi tafsilotlar oshkor bo‘ldi. Bundan tashqari, Apple alyuminiy korpusdan voz kechib, uni shishaga almashtiradi.
5. Yaponiyada oxirgi marta videomagnitofon ishlab chiqariladi. Videomagnitofonlar 1970-yillarda paydo bo‘lgan, ammo tez orada DVD texnologiyasi ularni bozordan chiqarib yubordi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)