Ozarbayjonning qadimiy shaharlaridan biri — Shekida III An’anaviy shirinliklar xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Trand.az”.
Festivalda Ozarbayjonning 19 hududi va dunyoning sakkiz mamlakati — Indoneziya, Rossiya, Hindiston, Fransiya, Gretsiya, O‘zbekiston, Eron va Ukrainadan qandolatchilar ishtirok etib, o‘zlarining an’anaviy shirinliklarini namoyish qildi.
Festival doirasida ikkita — chet ellik mehmonlar orasida va ozarbayjonlik pazandalar ichida tanlov o‘tkazildi. Hakamlar hay’ati qarori bilan, xalqaro festivalda o‘zbekistonlik qandolatchilar g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Indoneziya va Hindiston, uchinchi o‘rinni Eron vakillari egalladi.
Izoh (0)