Turkiyaga o‘lim jazosining qaytarilishi borasidagi qaror Yevroittifoq bilan aloqalarga hech ham ta’sir qilmasligi kerak. Bunday fikrni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida bildirdi, deb yozadi “RBK”.
“Agar Yevroittifoq demokratiyani hurmat qilsa, xalq istagini qabul qiladi”, — dedi Erdo‘g‘on. U, shuningdek, parlament o‘lim jazosini kiritishga qaror qilsa, buni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
“Axir bugungi kunda Amerikada o‘lim jazosi yo‘qmi? Rossiyada-chi? Xitoyda-chi? Butun dunyodagi mamlakatlarda-chi? Faqat Yevropa Ittifoqida o‘lim jazosi yo‘q”, — degan edi Erdo‘g‘on avvalroq o‘z tarafdorlari qarshisida nutq so‘zlayotib.
Ilgariroq Turkiyadagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng mamlakatda o‘lim jazosi tiklanishi mumkinligi haqida mamlakat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on aytib o‘tgan edi. Uning so‘zlariga munosabat bildirarkan, Mogerini xonim bu Turkiyaning Yevroittifoqqa qo‘shilishini imkonsiz qilib qo‘yishini aytdi.
Izoh (0)