16-iyulga o‘tar kechasi yuz bergan davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, Turkiyaning qator muassasalarida tozalash ishlari borayotgan bir paytda mamlakat Konstitutsiyaviy sudining ikki a’zosi hibsga olindi. Bu haqda NTV telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Avvalroq Turkiya ta’lim vazirligi 626 ta o‘quv muassasasi faoliyatini to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan edi.
Turkiyada to‘ntarishni tashkillashtirish ayblovi bo‘yicha 9332 kishi qo‘lga olindi. Ular orasida prezidentning ikki adyutanti, Din ishlari bo‘yicha boshqarmaning 492 xodimi, 100 nafar politsiyachi, 6038 nafar harbiy xizmatchi, 755 nafar sudya va prokuror, bosh vazir kanselyariyasining 250 dan ortiq xodimi, 650 nafar oddiy fuqaro bor.
Izoh (0)