Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida mamlakatdagi to‘ntarishga urinish haqida kuyovi orqali xabardor bo‘lgani va dastlab bunga jiddiy qaramaganini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Biz tasdiqni kechroq oldik, biroq boshida, aslida, menga kuyovim xabar berdi”, — dedi Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, u to‘ntarishga urinish haqda birinchi marta eshitganida, “bunga jiddiy e’tibor bermagan”.
Turkiyalik harbiylar guruhi 16-iyulga o‘tar kechasi harbiy to‘ntarishni amalga oshirishga urindi. Asosiy jangovar harakatlar Anqara va Istanbulda bo‘lib o‘tdi. 16-iyul kuni ertalab to‘ntarish tarafdorlari taslim bo‘la boshladi, Turkiya Qurolli kuchlarining ko‘plab harbiylari to‘ntarishga aloqadorlikda gumonlanib, hibsga olina boshladi.
Izoh (0)