BMT kotibiyati jurnalist Pavel Sheremetning Ukrainada o‘ldirib ketilishi yuzasidan norozilik bildirdi va ushbu jinoyatni puxtalik bilan tekshirishga chaqirdi. Bu haqda butunjahon tashkiloti bosh kotibi rasmiy vakili Farxan Xak ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Uning oilasiga hamdardlik bildiramiz. Bu hujum ablahona va u to‘liq tekshirilishi kerak”, — dedi u.
20-iyul, chorshanba kuni Sheremet radiodagi tonggi efirga ketayotgan avtomobil Kiyev markazida portlab ketdi. Jurnalist voqea joyida halok bo‘ldi. Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobilga portlovchi qurilma o‘rnatilgan. Sheremet avtomobilining portlashi qasddan qilingan qotillik deya baholandi.
Izoh (0)