Rossiyalik harbiylar Turkiya milliy razvedkasiga davlat to‘ntarishi tayyorlanayotgani haqidagi ma’lumotlarni uzatgan. Bu haqda arab OAVlari Anqaradagi diplomatik manbalariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Rossiyalik harbiy xizmatchilar armiya mamlakatda harbiy to‘ntarishni boshlashga tayyor ekanligi haqidagi radioxabarni tutib olgan va rashifrovka qilgan.
Ushbu xabarlar bir nechta vertolyot Turkiya prezidentini qo‘lga olish va yo‘q qilish maqsadida Marmarisdagi mehmonxonaga yo‘l olishi kerakligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.
Manbalar rossiyalik harbiylar signalni aynan qayerda tutganini bilmaydi. Ammo ular Rossiyaning Xmeymimdagi bazasi bunday signallarni tutish uchun zarur uskunalarga ega ekanligini aytdi.
Izoh (0)