Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmer Turkiyada e’lon qilingan favqulodda holat rejimi cheklangan vaqt davomida amal qilishi va iloji boricha tezroq bekor qilinishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, hukumat noqonuniy xatti-harakatlar bo‘yicha gumonga emas, isbotlangan faktlarga asoslanishi kerak.
Nashr eslatishicha, Turkiya prezidenti Rajib Toyyib Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishiga urinish bilan bog‘liq xavflarni neytrallashtirish uchun uch oyga favqulodda holat rejimini kiritgan edi.
Izoh (0)