Turkiya ta’lim vazirligi 626 ta o‘quv muassasasi faoliyatini to‘xtatish haqida qaror qabul qildi, deb yozadi “TASS” NTV telekanaliga tayanib. Yopiladigan muassasalar orasida 524 ta xususiy maktab bor.
Nashr eslatishicha, avvalroq Turkiya ta’lim sohasidagi 15,2 ming xodim respublikada amalga oshmay qolgan davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng o‘z lavozimlaridan vaqtinchalik chetlatilgan edi.
Turkiyada to‘ntarishni tashkillashtirish ayblovi bo‘yicha 9332 kishi qo‘lga olindi.
Izoh (0)