17-iyul, yakshanba kuni Turkiyada davlatni to‘ntarishga urinish chog‘ida halok bo‘lganlardan birining dafn marosimida mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on isyon qatnashchilari uchun o‘lim jazosini qo‘llash qayta boshlanishini istisno qilmadi, deb yozadi “RBK” CNN’ga tayanib.
“Biz demokratik davlatda xalqning talabiga bee’tibor bo‘la olmaymiz — bu sizning huquqingiz”, — dedi Erdo‘g‘on, yaqinda Istanbulda olomon hukumatni egallab olishga uringanlar uchun o‘lim jazosini qaytarish shiori bilan chiqqanini eslatar ekan.
Shu bilan birga, Erdo‘g‘on “ushbu huquq tegishli organlar tomonidan konstitutsiyaga muvofiq ravishda baholanishi kerakligi”ni ta’kidladi va o‘lim jazosini kiritish qarori “qabul qilinishi mumkin” degan fikrni bildirdi.
“Hukumatning barcha departamentlari ushbu virusdan tozalanadi”, — deya qo‘shimcha qildi Turkiya yetakchisi.
Nashr eslatishicha, 16-iyul kuni isyon qatnashchilari uchun o‘lim jazosi kiritilishi ehtimoli haqida Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim ham aytib o‘tgan edi.
Izoh (0)