Rossiya Tergov qo‘mitasi Labitnangi shahridagi (Yamal-Nenets avtonom okrugi) ikki qavatli yog‘och uyda ro‘y bergan yong‘inda 9 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Hodisa joyini sinchiklab tekshirish chog‘ida 9 kishi, jumladan, ikki nafar voyaga yetmaganning qoldiqlari aniqlandi. Bir nafar jabrdiyda tanasining 90 foizli kuyishi jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazildi”, — deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.
Yong‘in 16-iyul, shanba kuni sodir bo‘ldi. Binodan 37 kishi evakuatsiya qilindi, ular yaqinlarining uyi yoki mehmonxonalarga joylashtirildi. Voqea joyida tergov-tezkor guruhi ishlashda davom etmoqda. Yong‘in sabablari sifatida, elektr simining nosozligidan tashqari, maishiy gaz balloni portlashi ham ko‘rilmoqda.
Izoh (0)