Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida malla mushukning qutqarilishi voqeasi ijtimoiy tarmoqlarni zabt etmoqda. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Jonivor Obruchevlar ko‘chasidagi yong‘in qoplagan uydan olib chiqildi. O‘t o‘chiruvchilar nafaqat mushukni qutqardi, balki ko‘chada unga kislorodli niqob ham berildi.
Yerda holsiz yotgan mushukni qurshab olgan uch nafar o‘t o‘chiruvchi fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlar orqali tezda tarqaldi.
Izoh (0)