Tataristonning 24 mingdan ortiq fuqarosi yashin tufayli elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda Rossiya FVVning respublikadagi bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Andrey Rodigin ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Momaqaldiroq tufayli Tataristonning to‘rtta munitsipal hududi elektr energiyasidan uzildi. 24 mingdan ortiq kishi yashaydigan 24 aholi punkti, 19 ta ijtimoiy ahamiyatga ega obyekt elektr ta’minotisiz qoldi”, — deb ta’kidladi Rodigin.
Matbuot xizmati rahbariga ko‘ra, 19 ta texnika va 38 kishi ta’minotni tiklash uchun safarbar etilgan.
Izoh (0)