• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Turkiyadagi harbiy to‘ntarishlar tarixi

    16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyada bir guruh harbiylar hukumat organlari, aeroport va asosiy axborot kanallari binolarini birin-ketin qo‘lga ola boshladi. Bosfor bo‘g‘ozidan o‘tadigan ko‘priklar yopildi, mamlakat boshqaruvini harbiylar qo‘lga olgani ma’lum qilindi, harbiy holat va komendantlik soati joriy etildi.

    Ammo amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tarafdorlari bo‘lgan o‘n minglab odamlar ko‘chalarga chiqqani bois harbiylarning rejasi amalga oshmay qoldi. Politsiya va harbiy tuzilmalarning katta qismi rasmiy hukumat tomonida turib isyonchilarga qarshi kurashni boshlab yubordi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    O‘tgan vaqt ichida butun mamlakat bo‘ylab amaldagi hukumat nazorati tiklandi. Qurbonlar soni, oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, 265 kishini tashkil etmoqda. Shuningdek, isyonchilar yetakchisi qo‘lga olindi.

    • Turkiyadagi harbiy to‘ntarish

    Ushbu halokatli voqealar Turkiya tarixida bir necha bor kuzatilgan harbiy to‘ntarishlar va bunga bo‘lgan urinishlarning o‘ziga xos davomi bo‘ldi. Shu bois “Daryo” mamlakatning salkam bir asrlik tarixida sodir bo‘lgan harbiy to‘ntarishlarni esga olishga qaror qildi.

    Mavzuga oid:

    • Turkiyadagi harbiy to‘ntarish fotosuratlarda (1-qism)
    • Turkiyadagi harbiy to‘ntarish fotosuratlarda (2-qism)
    Turkiya qurolli kuchlari qudrati va soni bo‘yicha jahonda 8-, NATOda esa AQShdan keyingi 2-o‘rinda turadi. U mamlakat xavfsizligi va mustaqilligi kafolatchisi sifatida xalq orasida nihoyatda katta hurmat-e’tiborga ega. Shuning uchun armiya shunchaki qurol kuchidan iborat ta’sir vositasi bo‘lmay, ichki siyosatda ham ancha faollik ko‘rsatadigan obro‘li tuzilma hisoblanadi. Armiyaning yuqori va o‘rta ofitserlik tarkibi o‘zini Mustafo Kamol Otaturk g‘oyalari davomchisi hisoblaydi. Ichki siyosatda jiddiy ixtiloflar ro‘y bergan davrlarda harbiylar hokimiyatni qo‘lga olgani yoki shunday urinishni amalga oshirgani ko‘p bora kuzatilgan.

    1960-yil 27-may to‘ntarishi

    1960-yil 27-mayida Turkiya tarixidagi ilk harbiy to‘ntarish amalga oshirildi. General Jamol Gursal boshchiligida zobitlar tomonidan tashkil etilgan Yashirin qo‘mita Bosh shtab rahbari Rushtu Erdelxun va unga sodiq 200 dan ortiq general, prezident Jalol Bayar va bosh vazir Adnon Menderes, shuningdek, hukumat a’zolari va o‘sha paytda hukmron Demokratik partiya rahbariyatini hibsga oldi. Jamol Gursal boshchiligidagi Milliy birlik qo‘mitasi hokimiyatni qo‘lga oldi. Hibsdagi rahbar kadrlar tribunal oldida javob berdi. Adnon Menderes qatl qilindi, dastlab umrbod hibsga mahkum etilgan Jalol Bayar va Rushtu Erdelxun esa qo‘yib yuborildi. Demokratik partiya tarqatib yuborildi. Milliy birlik qo‘mitasi 1961-yil 15-oktabriga qadar mamlakatni boshqardi. Jamol Gursal Turkiyaning to‘rtinchi prezidentiga aylanib, bu lavozimda umrining oxirigacha — 1966-yilga qadar o‘tirdi.

    Jamol Gursal. Foto: Turklerle Erzurum

    Jamol Gursal. Foto: Turklerle Erzurum

    Ko‘pgina masalalardan harbiylarning fikri bir joydan chiqmagani bois ular orasida ham bo‘linish yuz berib, 1960–1966-yillar orasida yana bir necha harbiy qo‘zg‘olonlar sodir bo‘ldi, ammo ularning hech biri muvaffaqiyatga erisha olmadi. 1962-yil 22-fevralda harbiy maktab qo‘mondoni shtab polkovnigi Talat Oydemir va uning tarafdorlari hibsga olingani bois harbiy isyon kelib chiqdi. Qarama-qarshilik 1963-yil 20-mayiga qadar davom etdi. Keyingi davrda 1969-yil 20-mayida va 1971-yil 9-martida uyushtirilgan ikki harbiy to‘ntarish ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

    Adnon Menderes tribunalda o‘zini himoya qilmoqda. Kadr: DailyMotion

    Adnon Menderes tribunalda o‘zini himoya qilmoqda. Kadr: DailyMotion

    1971-yil 11-mart memorandumi

    Oradan ikki kun o‘tib, 1971-yil 11-martida Mamduh Tag‘mach boshchiligidagi harbiylar 1965-yildan beri bosh vazir bo‘lib kelayotgan Sulaymon Demirelga memorandum yo‘llab, undan demokratik hukumat yaratishni talab qildi. Ammo bosh vazir ularning talablarini bajarishdan bosh tortib, iste’foga chiqishini bildirdi. Demirel 1960-yil to‘ntarishi natijasida hokimiyatdan chetlashtirilgan Demokratik partiyaning merosxo‘rlaridan biri — Adolat partiyasi yetakchisi sifatida mamlakatni boshqarayotgan edi.

    Ertasi kuni, 12-martda harbiylar Demirelni hokimiyatdan chetlatdi. Ular konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritib, armiya mavqeini oshirishga, matbuot va kasaba uyushmalari huquqlarining esa cheklanishiga erishdi.

    Sulaymon Demirel. Foto: “VideoNews.us”

    Sulaymon Demirel. Foto: “VideoNews.us”

    Amalda harbiy to‘ntarish uyushtirilganiga qaramay, parlament tarqatib yuborilmadi. Nihat Yerim boshchiligida harbiylarga sodiq texnokratlardan iborat yangi hukumat tuzildi. Sulaymon Demirelga nisbatan hech qanday ayblovlar ilgari surilmadi, keyinchalik u yana to‘rt marta hukumat tepasiga keldi (1975–1977, 1977–1978, 1979–1980, 1991–1993), 1993–2000-yillarda esa Turkiyaning 9-prezidenti bo‘ldi.

    1980-yil 12-sentabr to‘ntarishi

    70-yillarning o‘rtalaridan mamlakatda amalda passiv fuqarolik urushi avj olgan edi. Polkovnik Alparslon Turkash tomonidan 1969-yilda tashkil etilgan Milliyatchi harakati partiyasi hamda qator boshqa tuzilmalar kommunistik kuchlarga qarshi olib borgan ko‘cha janglari oqibatida 1975–1979-yillarda 5000 kishi halok bo‘ldi. Armiya rahbariyati bir necha marotaba siyosatchilarni murosa yo‘lini tutib, ixtiloflarga barham berishga chaqirdi.

    Anqara, 1980-yil 12-sentabr. Foto: Quartz

    Anqara, 1980-yil 12-sentabr. Foto: Quartz

    Nihoyat, 1980-yilning 12-sentabrida Bosh shtab boshlig‘i general Kenan Evren Turkiyaning to‘rt nafar boshqa oliy martabali komandirlari bilan birgalikda Sulaymon Demirel boshchiligidagi hukumatni chetlashtirdi. Milliy xavfsizlik kengashi tuzilib, u hukumat vazifasi bajara boshladi. 1981-yilda parlament tarqatib yuborildi, konstitutsiya amaldan chiqarildi, siyosiy partiyalar man etilib, ularning rahbarlari hibsga olindi.

    Kenan Evren. Foto: Cinar Haber Ajansi

    Kenan Evren. Foto: Cinar Haber Ajansi

    1982-yilda yangi konstitutsiya qabul qilinishi bilan keyingi yildan partiyalar faoliyatiga ruxsat etildi. Kenan Evren esa o‘z hokimiyatini mustahkamlab, 1982–1989-yillarda Turkiyaning yettinchi prezidenti bo‘ldi.

    To‘ntarishdan so‘ng Yevropa iqtisodiy hamjamiyati rasmiy Anqara bilan munosabatlarni vaqtinchalik to‘xtatdi. Mamlakat ichki siyosatida esa muxolif kuchlar siquvga olindi: 178 ming kishi hibs etildi, 64 ming kishi qamaldi, 30 ming kishi fuqarolikdan mahrum qilindi, 450 kishi qiynoqlar oqibatida halok bo‘ldi, 50 kishi qatl etildi, minglab insonlar olib qochilib, bugungi kunga qadar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu jinoyatlar tufayli 2012-yilda Turkiya sud organlari Kenan Evren va uning safdoshi Tahsin Shahinqoyaga qarshi ayblov ilgari surdi. 2014-yil 18-iyunda Anqara sudi ularni aybdor deb topib, umrbod qamoqqa hukm qildi va harbiy unvonlaridan mahrum etib, oddiy askarlik darajasiga tushirdi.

    Kenan Evren hibsda. Foto: Bugun

    Kenan Evren hibsda. Foto: Bugun

    Evren 2015-yil 9-mayida olamdan o‘tdi.

    1997-yil 28-fevral memorandumi

    1997-yil 28-fevralda harbiylar memorandum chiqarib, unda davlat boshqaruvida Turkiya asoschisi Mustafo Kamol Otaturk prinsiplariga amal qilinishi va hokimiyat dunyoviy bo‘lishini kafolatladi. Harbiylar bosimi ostida bosh vazir, Milliy nizom partiyasi asoschisi Najmiddin Erbakan ushbu hujjatni imzolashga majbur bo‘ldi.

    Anqara, 1997-yil 4-fevral. Foto: Wikipedia

    Anqara, 1997-yil 4-fevral. Foto: Wikipedia

    Harbiylar konstitutsiyani amaldan chiqarmadi va parlamentni tarqatib yubormadi. Ammo bir muddatdan so‘ng Erbakan hukumati iste’fo berdi. Milliy nizom partiyasi tarqatib yuborildi. Partiyaning ta’qibga olingan a’zolari orasida mamlakatning bugungi rahbari — Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham bor edi. Ushbu partiyaning sobiq a’zolari keyinchalik Turkiyaning bugungi hukmron partiyasi — Adolat va taraqqiyot partiyasiga asos soldi.

    2000-yillar

    2000-yillar boshida mamlakatda Adolat va taraqqiyot partiyasi hukmronligi o‘rnatilganidan so‘ng bir necha marotaba harbiy to‘ntarishlar tayyorlangani borasidagi xabarlar matbuotda keng yoritildi. Jumladan, 2003-yilda Balyoz to‘ntarish rejasi, 2004-yilda Sariqiz, Oyishig‘i, Yakamoz va Eldiven to‘ntarish rejalari fosh etilgani ma’lum qilindi, ko‘plab oliy martabali harbiylar javobgarlikka tortildi.

    Vali Kichik. Foto: Haber228

    Vali Kichik. Foto: Haber228

    2008-yil 22-yanvarda general Vali Kichik rahbarlik qilgan “Ergenekon” maxfiy tashkiloti tomonidan tayyorlangan to‘ntarish rejasi fosh etilib, guruhning barcha a’zolari qo‘lga olindi. Uzoq yillar davom etgan sudlashuvdan so‘ng 2012-yilda Vali Kichik 99 yil 1 oy muxlatga ozodlikdan mahrum etildi.

    2016-yil, 16-iyul. Foto: Reuters

    2016-yil, 16-iyul. Foto: Reuters
    17.07.2016, 19:22   Izoh (0)   25262
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiya rasmiylari mamlakat ustidan nazorat tiklanganini ma’lum qildi

    17.07.2016, 17:53

    Putin Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi

    17.07.2016, 17:33

    Sipras Erdo‘g‘onga Gretsiyaga qochib o‘tgan harbiylar masalasini tezda hal etishga va’da berdi

    17.07.2016, 16:24

    Somalida qush ko‘rinishidagi dron urib tushirildi

    17.07.2016, 16:06

    Yevrokomissiya MH17 halokatida aybdorlarni sudga tortishga chaqirdi

    17.07.2016, 15:02

    Abu-Dabida 2030-yilgacha eko-shahar barpo etilishi ko‘zda tutilmoqda

    17.07.2016, 11:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-taroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:45

    “Rossiya va Ukraina darhol o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishni boshlaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 may, 23:25

    Toksikomaniya nimasi bilan xavfli: nega aynan bolalar va o‘smirlar uning tuzog‘iga ilinmoqda? (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 23:20

    O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 may, 22:55

    Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 19 may, 22:46

    Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 19 may, 22:40

    Kambag‘allarga ko‘mak beradi, ammo orzusiga yeta olmaydi: 70 yoshli aktyor Chou Yunfat hozirda qanday ko‘rinishda?

    Kino | 19 may, 22:30

    O‘zbekistondagi OTMlarning kunduzgi taʼlim shaklida qancha talaba tahsil olayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.