Turkiya rasmiylari mamlakatning barcha hududida nazoratni tikladi. Ozodlikda isyonchilarning jiddiy xavf tug‘dirmaydigan bir necha guruhi qolmoqda. Bu haqda mamlakat kuch tizimlaridagi manbaga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, taslim bo‘lmagan to‘ntarish qatnashchilari Istanbulda bo‘lib, ular bir necha guruhdan iborat. Boshqa shaharlarda rasmiylar vaziyatni to‘liq o‘z nazoratiga olgan. Bir necha yuqori martabali harbiylar hozircha qo‘lga olinmagan, biroq ular tezda qonun oldida javob berishiga shubha qilinmayapti.
Ayni paytda qo‘lga olingan 105 nafar yuqori martabali zobitlardan 58 nafariga nisbatan sud jarayoni yakunlandi. Sud 51 nafar harbiyni hibsda qoldirdi, qolganlaridan mamlakatni tark etmaslik haqida tilxat olindi.
Izoh (0)