Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishik harbiy to‘ntarishning oldi olingani, mamlakatning barcha hududi hukumat nazorati ostiga o‘tganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Ammo Ishik to‘ntarish xavfi butunlay yo‘q qilingani haqida gapirishga erta ekanligini aytib, hukumat tarafdorlarini “yana ko‘chalarni egallash”ga chaqirdi.

16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinish yuz berdi. Hodisa natijasida so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 265 kishi halok bo‘ldi, 1,1 mingdan ortiq odam yaralandi. Halok bo‘lganlardan 161 nafari hukumat tarafdorlari va tinch aholi vakillaridir.

Turkiya hukumati butun mamlakat bo‘ylab isyonchilarning 3 mingga yaqin tarafdorini qo‘lga oldi. Hibsga olingan turk askarlari harbiy to‘ntarishni dastlab oddiy mashg‘ulot deb tushunganini ma’lum qildi.

Isyonchilarning yetakchisi Akin O‘zturk ham qo‘lga olingani haqida xabar berildi. Rajab Toyyib Erdo‘g‘on harbiy to‘ntarishni AQShda istiqomat qilayotgan sobiq imom Fathulloh Gulen uyushtirgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Fathulloh Gulenning o‘zi esa barcha ayblovlarni rad etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?