Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Suhbat Rossiya tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgani bildirilmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Putin muloqot dovomida “Rossiya davlat hayotida aksilkonstitutsiyaviy harakatlar va zo‘ravonlikka mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik tamoyilini qo‘llab-quvvatlashi”ni ta’kidladi. Harbiy to‘ntarish oqibatida qurbonlar bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi va mamlakatda tez orada tartib va barqarorlik tiklanishini tiladi. Shuningdek, Turkiya rossiyalik sayyohlarning maksimal darajadagi xavfsizligini ta’minlashiga ishonch bildirdi.
Ikki davlat rahbari ham shaxsiy uchrashuv borasidagi kelishuvni tasdiqladi.
Izoh (0)