Turkiya tomoni tashabbusi bilan 16-iyul, shanba kuni kechki payt Gretsiya bosh vaziri Aleksis Siprasning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Erdo‘g‘on Gretsiya hukumati va shaxsan o‘zining harbiy to‘ntarish borasida tutgan yo‘li uchun Siprasga minnatdorlik bildirdi. Bosh vazir demokratiya qadriyatlari va konstitutsiyaviy qonunchilikka qo‘shilish grek xalqi uchun printsipial masala ekanligini ta’kidladi.
Sipras Gretsiyaga vertolyotda uchib kelgan sakkiz turkiyalik harbiyning siyosiy boshpana berish borasidagi so‘rovlarini ko‘rib chiqish jarayoni qisqa bo‘lishi, biroq xalqaro huquq va inson huquqlari bo‘yicha shartnomalarga mutlaqo hurmat doirasida kechishini ta’kidladi.
Izoh (0)