Somali markaziy qismidagi shaharlardan birida huquq-tartibot vakillari ko‘rinishi qushga o‘xshash, hatto qanotini harakatlantirishga qodir uchuvchisiz uchish qurilmasini urib tushirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Sawirro telekanali qalbaki qush Somalidagi NISA maxsus agentligining josus qurilmasi bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. Qush qabilidagi dronni yerdan turib aniqlash qiyinligi, shu sabab mazkur yangilik trendga aylanishi mumkinligi bildirilmoqda
Izoh (0)