Portugaliya bilan Yevropa Chempionligini qo‘lga kiritganidan so‘ng Luish Nani Ispaniyaning “Valensiya” klubi bilan kelishuvga erishdi.
“Valensiya”ning Twitter’dagi rasmiy sahifasiga tayanib xabar bergan “Chempionat” shartnoma shartlari va uning qanchaga mo‘ljallanganiga aniqlik kiritmagan.
Bunga qadar Turkiyaning “Fenerbaxche” jamoasi sharafini himoya qilgan futbolchi umumiy hisobda 47 uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yevro—2016 doirasida esa Nani Portugaliyaning barcha — 7 ta o‘yinida ishtirok etib, o‘z nomiga 3 ta gol yozib qo‘ydi va 1 ta golli uzatishni amalga oshirdi.
Izoh (0)