Polshaning “Zaglembe” (Sosnovets) klubining serbiyalik himoyachisi Jarko Udovichich “Stal” (Melets) jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida (1:3) o‘z darvozasiga chiroyli gol urdi. Mazkur vaziyat videosi YouTube’dagi Leve na Esportiva 3 Ao Vivo kanalida joylashtirildi.
O‘yinning 62-daqiqasida, hisob 1:1 bo‘lib turgan paytda futbolchi to‘pni himoyaning chap qanotida qabul qilib oldi va raqib hujumchisini aldab, darvozasi tomon yo‘l oldi. Shundan so‘ng jarima chizig‘ida, burchakdan to‘p yo‘lladi. To‘p darvozabondan o‘tib, to‘singa tegdi va darvozaga borib tushdi.
https://youtu.be/WkF6FNvg22A
Izoh (0)