Fransiyaning Nitssa shahrida 14-iyul, payshanba kuni uyushtirilgan hujumda ko‘plab yosh bolalar halok bo‘ldi. Bu haqda Fransiya prezidenti Fransua Olland xalqqa qilgan murojaatida aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Men ushbu gaplarni aytayotgan vaqtimda 77 nafar qurbon haqida ma’lumotlarga ega bo‘lib turibmiz, ular orasida bolalar ko‘p. Yana yigirma kishi og‘ir ahvolda”, — dedi u.
Ingliz qirg‘og‘iga hujum uyushtirilgan vaqtda u yerda 14-iyul kungi Milliy bayram sharafiga otilgan mushaklarni tomosha qilib turgan minglab odamlar bo‘lgan.
Olomon ustiga bostirib borgan yuk mashinasi uni, Dengizbo‘yi Alp tog‘lari departamenti prokuraturasidagilar ma’lum qilishicha, “2 kilometrgacha surib bordi”.
So‘ng, terrorchilar odamlarga qarata o‘t ochdi, mashinadagi kishilar politsiya bilan ham otishma olib bordi.
Prefektura ma’lumotlariga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi politsiya tomonidan otib tashlangan. Teraktdan so‘ng shaharda “juda kuchli sarosima” yuzaga kelgan, bu haqda ko‘p sonli guvohlar ma’lum qildi.
Izoh (0)