Suriya prezidenti Bashar Asadning dushmanlari Rossiya va Suriya aviatsiyasi bombardimonlar chog‘ida kimyoviy jangovar o‘q-dorilardan foydalanayotgani haqida videosyujet tayyorlashni boshladi, deb yozadi “RBK” Rossiya tashqi ishlar vazirligi saytiga tayanib.
“Bizning ma’lumotlarimizga ko‘ra, ‘suratga olish guruhi’ Gollivudning eng yaxshi an’analariga xos tarzda bolalar o‘limiga sabab bo‘layotgan ‘aviahujumlar’ni muhrladi. Ushbu tomoshani haqiqatga yaqinroq qilish uchun turli maxsus effektlar, xususan, sariq rangli tutun qo‘llanildi”, — deyiladi xabarda.
TIV o‘z xabarida Rossiya bombardimonlarda kimyoviy quroldan foydalanmasligini yana bir bora ta’kidladi. Zarbalar esa faqat IShID va “Jibhat an-Nusra” guruhlariga beriladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)