Iroqning Bag‘dod va Mosul shaharlarida yuz bergan teraktlar oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, yana 29 kishi yaralandi. Bu haqda Anadolu agentligi polkovnik Navfal az-Zemiliyga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ta’kidlanishicha, qurbonlar orasida to‘rt harbiy va bir jurnalist bor.
Portlashlar Bag‘dod janubi-sharqidagi Jisr Diyala va Nexravon, sharqidagi Xay-Ur va janubi-g‘arbidagi Xay-Al-Amil tumanlaridagi jamoat joylarida sodir etildi: besh kishi qurbon bo‘ldi, 19 kishi jarohat oldi.
Bundan tashqari, terrorchilar Bag‘dod shimolidagi At-Tarimiyya tumanida Al-Mushohada aholi punktida joylashgan blokpost yaqinida mina to‘ldirilgan avtomobilni portlatib yubordi, natijada to‘rt kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi yaralandi.
Bag‘dodning “Jurnalistika erkinliklari observatoriyasi” tashkiloti ma’lum qilishicha, Mosul shahri janubidagi Al-Kayara tumanida uyushtirilgan teraktda esa bir fotomuxbir halok bo‘ldi, yana bir jurnalist yaralandi.
Izoh (0)