AQShda prezidentlik poygasi ishtirokchisi Donald Tramp Indiana shtati gubernatori Mayk Pensga vitse-prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishni taklif qilsa, ajab emas. Bunday fikrni AQSh OAVlari ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Trampning saylov shtabidagi manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, ular Pens bilan birgalikda bu haqda 15-iyul, juma kuni Nyu-Yorkda e’lon qilmoqchi.
AQSh vitse-prezidenti lavozimi uchun kurashga Indiana gubernatoridan tashqari, Nyu-Jersi gubernatori Kris Kristi va vakillar palatasi sobiq spikeri Nyut Gringrich va boshqalar da’vogarlik qilmoqda. Bundan tashqari, short-listga, Amerika OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, iste’fodagi general Maykl Flinn ham kirdi, u o‘tgan yili AQSh harbiy razvedkasiga rahbarlik qilgan edi.
Izoh (0)