Keniyalik politsiyachi mamlakat g‘arbidagi Kapenguriya shahrida 6 nafar hamkasbini o‘ldirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Noma’lum sabablarga ko‘ra mahalliy politsiyachi 14-iyul, payshanba kuni tongda bo‘lim binosiga kirib, to‘pponchadan hamkasblariga o‘q uzdi”, — deyiladi politsiya xabarida.
AFP manbalariga ko‘ra, “o‘sha payt ishda bo‘lmagan politsiya xodimi kabinetga kirib, hamkasbidan qurol olgan va uni hamda boshqalarni otib tashlagan. So‘ng politsiya bo‘limini egallagan”. Hodisa joyiga yetib kelgan xavfsizlik kuchlari binoni qurshab oldi va jinoyatchi yo‘q qilindi.
Oldinroq Keniya politsiyasi rahbari Jozef Buannet politsiya binosiga terrorchi hujum qilganini bildirgandi.
Izoh (0)