Toshkentning Forobiy va Mirzo G‘olib ko‘chalari chorrahasida 7-iyul kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi guvohlari qidirilmoqda. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Forobiy ko‘chasidan Mirzo G‘olib ko‘chasiga burilib kirayotgan Nexia avtomobiliga Spark mashinasi kelib urilgan. Xabar muallifining yozishicha, Nexia yashil chiroqqa, Spark esa qizil chiroqqa chorrahaga kirib kelgan.
“To‘qnashuv natijasida Nexia ichida bo‘lgan homilador ayol tan jarohati bilan birga juda kuchli ruhiy jarohat olgan, Nexia haydovchisining miyasi chayqalgan. Spark egasi esa aybini tan olmayapti”, — deb yozadi xabar muallifi.
Xabar muallifining qayd etishicha, hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Iltimos, kim shu voqeani ko‘rib-bilgan bo‘lsa, haqiqat qaror topishi uchun guvohlik bering”, — deb yozadi xabar muallifi.
Fotoxabar ostida fikr bildirganlarning aksariyati avtomobilga videoregistrator o‘rnatish zarurligini bir necha bor ta’kidlagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)