Toshkent markazidagi Osiyo ko‘chasida Hyundai Tucson va Matiz avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida fotoxabar qoldirilgan.
Hodisa guvohlarining ta’kidlashicha, Hyundai Tucson avtomobili ichida uch kishi bo‘lgan Matiz’ning ortidan kelib urilgan, to‘qnashuvdan so‘ng Matiz “20 metrcha oldinga surilib ketgan”.
To‘qnashuv Matiz’ning to‘xtab qolgani natijasida yuz berganmi yoki Hyundai Tucson katta tezlikda oldidagi avtomobilga yetib olganmi, bunga aniqlik kiritilmagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olib, jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)