Toshkent shahrining Markaz-5 mavzesida 11-iyul, dushanba kuni 85-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusida yong‘in holati yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirilgan.
Hodisa yuz bergan joy yaqinida o‘t o‘chirish bo‘linmasi bo‘lgani sababli, avtobusdagi alanga tezda o‘chirilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olib, jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Favqulodda holat nima sababdan ro‘y bergani ham aniq emas.
Avvalroq 21-iyun kuni Toshkentning Oltintepa ko‘chasida va 7-iyul kuni Sirg‘ali tumanida ham Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobuslarining motor qismidan yong‘in kelib chiqqani haqida xabar berilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)