NATO Ukrainaga keng qamrovli yordam paketini ma’qulladi, bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg Varshavadagi sammitda NATO-Ukraina komissiyasi majlisi yakunlariga ko‘ra ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Reja kibermudofaa, front orqasi ta’minoti, yarador askarlar reabilitatsiyasi bo‘yicha yaratib bo‘lingan trast fondlarini o‘z ichiga oladi. Kelajakda, shuningdek, biz minalardan tozalash va qo‘lbola portlovchi qurilmalarni yo‘q qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish niyatidamiz”, — dedi bosh kotib, ammo u ushbu yordam paketi hajmiga aniqlik kiritmadi.
Stoltenberg, shu bilan birga, Ukrainaning NATOga qo‘shilish masalasi ayni paytda “kun tartibida turmayotgani”ni ta’kidladi.
Izoh (0)