“Aston Villa” futbol klubinning sobiq kapitani Stiliyan Petrov saratonga chalinganidan to‘rt yil o‘tib maydonga qaytdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
Bolgariyalik xavbek 8:0 hisobi bilan yakunlangan Avstriyaning “GAK 1902” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvining ikkinchi bo‘limida maydonga tushdi.
2012-yil martida futbolchida oqqon kasalligi aniqlangan, avgustda esa u kasallik intensiv kimyoviy terapiyadan so‘ng susayish jarayonida ekanligini bildirgan edi. Oradan bir yil o‘tib Petrov faoliyatini yakunlaganligini ma’lum qilgandi.
Shu yil yozda klub sobiq kapitanini Avstriyadagi yig‘inga taklif etdi.
Izoh (0)