Yengil atletika federatsiyalari xalqaro assotsiatsiyasi (IAAF) rossiyalik sportchilar, jumladan, Yelena Isinbayevaning musobaqalarga qo‘yish haqidagi talabnomalarini qabul qilmadi. Bu haqda ikki karra Olimpiada chempionining murabbiyi Yevgeniy Trofimov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Sport-ekspress”.
“Barchaga, jumladan, Lenaga ham rad javobi keldi. Ushbu javob asosida sportchilarning huquqini himoya etish uchun Lozannadagi sport arbitraj sudiga da’vo arizasi kiritiladi. Yuristlarimiz bunga tayyor”, — ta’kidladi Trofimov.
Rossiyalik sportchilar orasida birgina uzunlikka sakrovchi Darya Klishina musobaqalarda qatnashish uchun ruxsat oldi va Olimpiadada mustaqil sportchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
Izoh (0)