Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Stefano Borgonovoning bevasi Shantalni Fransiyaga qarshi Yevro–2016 final uchrashuviga taklif qildi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Borgonovo 2013-yilda amiotrofik sklerozdan vafot etdi. U umrining oxirgi yillarida butkul falaj bo‘lib qolgandi.
“Stefano ajoyib futbolchi, maydonda haqiqiy jangchi bo‘lgan. Men u haqda Karlo Anchelottidan eshitganman, u Stefano bilan yaqin bo‘lgan”, — dedi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi Yevro–2016 final bahsi 10-iyul, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.
Izoh (0)