Ispaniya chempionatining uchinchi divizioni qatnashchisi bo‘lgan “Linares” futbol klubi kapitani Fran Karles mashg‘ulotda olgan son jarohatidan so‘ng boshlangan ichki qon ketishi tufayli 26 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Fojia 8-iyul, juma kuni ro‘y berdi. Karles trenajyor zalida shug‘ullanyotganida sonidan jarohat oldi. Futbolchi avvaliga bunga e’tibor bermadi, biroq keyinchalik, unda bosh aylanishi boshlangach, kasalxonaga yetkazildi. Shifokorlar futbolchida son mushagi yorilishi tufayli ichki qon ketishi va a’zolarga o‘tishini qayd etdi. Karles shoshilinch operatsiya qilindi, biroq uni saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.
Futbolchi butun faoliyati davomida “Linares” tarkibida to‘p surib kelgan, 2009-yilda esa klubning asosiy tarkibiga kiritilgandi. Jamoa uning xotirasiga atab mamlakat chempionati oliy divizioni klubi “Sevilya” bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi ma’lum qilindi.
Izoh (0)