Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali AQSh prezidenti Barak Obama bilan gaplashib oldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, suhbat Amerika tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi.
Putin Obamani 20-iyun kuni Sankt-Peterburgda Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari Ilhom Aliyev va Serj Sargsyan bilan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro masalasi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuv yakunlari haqida xabardor qildi.
Bundan tashqari, Suriyadagi vaziyatni muhokama qilish chog‘ida Putin Obamani Suriya mo‘tadil muxolifatini “Jabhat an-Nusra” terrorchilik guruhidan tezroq ajratib olishga imkon yaratishga chaqirdi.
Ukraina mavzusini muhokama qilishda Rossiya prezidenti Kiyev tomonidan Minsk kelishuvlari, jumladan Donetsk va Lugansk bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni yo‘lga qo‘yish, amnistiya o‘tkazish, DXR va LXRga alohida maqom berish va boshqa shartlar so‘zsiz bajarilishi zarurligini yana bir bor qayd etdi.