Eron diniy rahnamosi Oyatalloh Ali Xomanaiy AQSh, Buyuk Britaniya va Isroil maxsus xizmatlarini mintaqada terrorchilikni yaratish va o‘stirishda aybladi. Bu haqda u Ramazon Hayiti munosabati bilan qilgan ma’ruzasida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Afsuski, Iroq, Turkiya, Bangladesh va mintaqaning qator boshqa davlatlaridagi teraktlar bugungi bayram taftini so‘ndirmoqda. Ekstremistlar o‘z xo‘jayinlarining topshirig‘iga ko‘ra ‘asl islom’ tushunchasini ‘soxta va buzilgan islom’ tushunchasi bilan almashtirib qo‘ymoqchi. Bu jinoyatlar AQSh, Buyuk Britaniya va sionistik rejim (Isroil) terrorchilarga ko‘rsatayotgan homiylik samarasidir. Aynan ular terrorchilikni o‘stirdi”, — dedi Xomanaiy.
Shuningdek, u Suriya, Iroq va Liviyada harbiy harakatlar davom etayotganidan afsusdaligini bildirdi.
Izoh (0)