2015-yil iyulida Stokgolm arbitraj sudida “Turkmangaz”ga nisbatan da’vo qo‘zg‘agan “Gazprom” kompaniyadan 5 milliard dollar talab qildi. Vaziyat bilan tanish manbaga ko‘ra, bu 2010—2015-yillardagi shartnoma bo‘yicha retroaktiv to‘lovlar summasidan iborat, deya xabar beradi “RBK”.
Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi 2008-yil, inqiroz boshlanganidan beri Turkmanistondan xarid qilinadigan gaz narxini qayta ko‘rib chiqishga harakat qiladi, biroq faqat 2015-yil yozidagina Stokgolm arbitraj sudiga tegishli talab bilan murojaat etdi. Shu kunga qadar da’vo summasi ma’lum qilinmagandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Gazprom”dagi manba Rossiya 2016-yilda O‘zbekistondan xarid qiladigan gaz hajmi Turkmaniston o‘tgan yili yetkazib berganiga (3,1 milliard kub metr) nisbatan ko‘p bo‘lishini bildirgandi.
Izoh (0)