Yerevan fuqarosi ikki yoshli o‘g‘lini tinchitish uchun uni gilamga yopishtirib qo‘ydi, deya xabar bermoqda “News.am”.
Bolaning onasi aytishicha, ota o‘g‘lini uxlatishga uringan, ammo u hadeb tipirchilayvergan, shunda ota bolani gilamga yopishtirib qo‘yishga qaror qilgan. Natijada bolaning bosh terisi jiddiy shikastlangan.
Ta’kidlanishicha, hodisa yanvar oyida sodir bo‘lgan, biroq ayol o‘sha paytda eridan hayiqqani tufayli, bu haqda endi aytib berishga jazm qilgan. Ayni paytda er-xotin ajralib, alohida yashamoqda.
Izoh (0)