Moskva musulmonlar diniy boshqarmasi 5-iyul kuni Ramazon Hayiti munosabati bilan mahbuslar va harbiy xizmatchilarga 1,5 ming sovg‘a ulashadi. Bu haqda, boshqarma matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Boshqarmaning mahbuslar bilan ishlash bo‘limi ‘Butirka’ tergov izolyatorida 200 dan ortiq mahbus uchun Hayit namozini tashkil etadi va sovg‘alar ulashadi. Muftiy Ravil G‘aynutdin, shuningdek, uning o‘rinbosari Ildar Alyautdinov nomidan harbiy xizmatchilar ham qutlanadi”, — ma’lum qildi matbuot xizmati.
Kantemir diviziyasida xizmat qilayotgan 200 musulmon harbiyga, Dzerjinskiy nomidagi diviziyada ming kishiga, Rossiya IIV ichki qo‘shinlari bosh qo‘mondonligi aloqa bo‘limida yana 50 kishiga sovg‘alar beriladi.
Shuningdek, Harbiy-kosmik kuchlar shtabida 50 musulmon ishtirokida amri ma’ruf va Hayit namozi o‘tkaziladi.
Izoh (0)