Agar Finlyandiya NATO tarkibiga qo‘shilsa, bir muddat ilgari mamlakat chegaralaridan uzoqlashtirilgan Rossiya qo‘shinlari yana eski marralarga olib kelinishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Tasavvur qiling, Finlyandiya NATOga qo‘shilmoqda, bu degani, Finlyandiya qo‘shinlari ortiq mustaqil bo‘lmaydi, mutlaq suveren bo‘lmaydi, ular NATO harbiy infrastrukturasining bir bo‘lagiga aylanadi, va shu tariqa NATO bir lahzada Rossiya chegarasiga kelib qoladi”, — dedi u Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida.
“O‘ylab ko‘ring, biz nima qilamiz bunday vaziyatda? Qo‘shinlarimizni bir yarim ming kilometrga uzoqlashtirgan edik, ular eski joyda qoladi deb o‘ylasizmi?”, — so‘zida davom etdi Rossiya yetakchisi.
Shu bilan birga, Putin Rossiya har qanday holatda ham Finlyandiya xalqining tanloviga hurmat bilan qarashini bildirdi.
Izoh (0)