Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

NATO qo‘shinlari 6-iyun, dushanba kuni Baltops 2016 mashg‘ulotlarining dengizdagi bosqichi doirasida ilk bor alyans a’zosi bo‘lmagan Finlyandiya hududiga kiradi. Uch kun davomida harbiylar Xanko yarim orolidagi Syundalen poligonida desant tushirilishi, shuningdek, jangovar harakatlarni mashq qiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda

Foto: EPA

Foto: EPA

Baltops Baltika dengizidagi har yili o‘tkaziladigan yirik harbiy mashg‘ulotlar bo‘lib, bu safar 3 dan 19-iyungacha davom etadi. 44-bor o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda Finlyandiya yigirma yildan beri ishtirok etib keladi, biroq ular birinchi marta mamlakat hududida bo‘lib o‘tmoqda. Finlyandiyadan so‘ng mashqlar to‘rt kunga Shvetsiyaning (mazkur mamlakat ham NATOga a’zo emas) Stokgolm arxipelagidagi Uto oroliga ko‘chadi. 

Ilk bor Baltops olis shimolda o‘tmoqda. Dengiz, havo va quruqlikdagi harakatlarda 4500 nafar harbiy, 50 kema va 60 samolyot ishtirok etadi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr