foto:daryo / madina nurman

Foto: Qorli “Ko‘kcha”

Ko‘kcha — Toshkent shahrining g‘arbiy qismida, Shayxontohur tumanida joylashgan tarixiy dahalardan biri. Bu hududni chuqur jarliklar kesib o‘tgan bo‘lib, aholisi asosan koʻnchilik bilan shugʻullangan. Masalan, 1871-yilda dahadagi 695 ustaxonadan 341 tasi koʻn-teri, 218 tasi kosibchilik ustaxonasi boʻlgan. Ko‘kchada 7 xumdon, 22 tegirmon, 22 objuvoz, 2 madrasa, 34 maktab, 5 ta masjid, 18 ta qadamjoy-mozor bo‘lib, shundan eng mashhuri Shayx Zayniddinbobo qabristoni hisoblangan. Dahada 3 ta darvoza (Ko‘kcha, Sag‘bon, Chig‘atoy) mavjud edi. “Ko‘kcha” nomi ba’zi tadqiqotchilar fikricha, “kohcha” — qal’acha nomidan, boshqa bir tadqiqotchilar fikricha esa “ko‘hcha” — tog‘cha, tepalik, balandlik nomidan olingan.
Bugungi kunda Ko‘kcha dahasi o‘zining tarixiy ahamiyatini saqlab qolgan holda, zamonaviy infratuzilma va turar-joy majmualari bilan rivojlanmoqda.
Ko‘kcha dahasi o‘zining boy tarixi va madaniy merosi bilan Toshkent shahrining muhim qismlaridan biri hisoblanadi.
“Daryo” ushbu daha haqidagi turkum materiallarini bugun yog‘gan qor manzaralari bilan boshlaydi.
Made on
Tilda