Braziliya politsiyasi mamlakatning markaziy qismidagi estafeta chog‘ida Olimpiada mash’alasini o‘chirishga uringan erkakni hibsga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Erkak Marakaju shahrida Olimpiada mash’alasiga bir chelak suv sepib yubordi, biroq uni o‘chirolmadi. Huquqbuzar o‘zga mulkka ziyon yetkazganligi uchun qamoqqa olindi. Endi unga nisbatan 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin. 27 yoshli erkakning o‘zi politsiyachilarga shu tariqa hazillashmoqchi bo‘lganini aytgan.
Ma’lumot uchun, 3-may kuni start olgan Olimpiada mash’alasi estafetasi 95 kun mobaynida Braziliyaning 329 aholi punktida bo‘lishi va 5-avgust kuni o‘yinlarning tantanali ochilishi chog‘ida “Marakana” stadionida yoqilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)